Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo`shimcha to`lovi 10 baravarga kamaytiriladi!


Tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo`shimcha to`lovi 10 baravarga kamaytiriladi!

“O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to`rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-132-son, 30.08.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, 5 ta yo`nalishdan iborat O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:

ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari ro`yxati;

amaliy tadbirlar rejasi.

2024-yil 1-noyabrdan:

davlat dasturlari asosida kichik va o`rta tadbirkorlik sub’ektlarini qo`llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi;

Prezident qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo`llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan 100 million so`mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo`yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o`z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so`mgacha oshirishga ruxsat etiladi.

2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to`lovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo`l qo`yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo`shimcha to`lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko`riladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev