Янгиликлар
Maktablarda Huquq sinflari tashkil qilinadi!
Maktablarda Huquq sinflari tashkil qilinadi!
"Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga etmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (532-son, 27.08.2024 y.) qabul qilindi.
Unga ko`ra, 2024/2025 o`quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o`rta ta’lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o`qitiladigan variativ o`quv rejalari asosida zamonaviy ko`rgazmali o`qitish vositalari bilan ta’minlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi.
Umumta’lim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik ma’lumotga ega bo`lmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026 yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik bo`yicha qayta tayyorlanadi.
Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024 yil 1 noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.
2024/2025 o`quv yilidan umumta’lim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq o`qituvchisi” respublika ko`rik tanlovi o`tkaziladi.
“Huquq sinfi”ga o`quvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf o`quvchilari orasidan saralab olinadi.
2024/2025 o`quv yilidan boshlab “maktab-lisey-texnikum-universitet” uzluksiz ta’lim tizimi asosida akademik liseylarni muvaffaqiyatli tugatgan o`quvchilar test sinovlarisiz to`g`ridan-to`g`ri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev