Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Milliy investisiya jamg`armasi tashkil etiladi!


Milliy investisiya jamg`armasi tashkil etiladi!

“O`zbekiston Respublikasi milliy investisiya jamg`armasini tashkil etish to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-303-son, 27.08.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi milliy investisiya jamg`armasi tashkil etiladi.

Quyidagilar Jamg`armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Jamg`arma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;

Jamg`arma aksiyalarini etakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;

Jamg`arma aktivlariga investisiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun etakchi xalqaro institusional investorlarni jalb qilish;

Jamg`arma investisiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o`tish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ЕСГ) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.

Jamg`arma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi o`tkaziladigan korxona va tijorat banklarining ro`yxati tasdiqlandi.

Jamg`arma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.

Jamg`armaning 2030 yilgacha investisiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga ko`ra dividendlar to`lashga yo`naltiriladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev