Янгиликлар
Fuqarolik jamiyati institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi!
Fuqarolik jamiyati institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi!
Farmonga ko`ra, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi hamda uning hududlarda bo`linmalari tashkil etiladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar a’zolariga beriladigan pul mablag`lari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini 15 million so`mdan BHMning 100 baravarigacha (34 mln so`mgacha) oshiriladi.
2025 yil 1 yanvardan nogironligi bo`lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun belgilangan davlat bojlari miqdorini 2 baravarga kamaytirilgan holda undiriladi.
Har yili vazirlik va idoralar fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy buyurtma berish bo`yicha tanlovlar tashkil etadi.
Har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ni o`tkazib boriladi.
Har ikki yilda Fond tomonidan taqdirlanadigan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti ta’sis etiladi.
“Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yoritish yo`nalishida nominasiya tashkil etiladi.
2024 yil 1 oktyabrdan fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog`liq barcha jarayonlarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushiriladi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev