Янгиликлар
O`zenergoinspeksiya Hukumat bo`ysunuviga o`tkaziladi!
O`zenergoinspeksiya Hukumat bo`ysunuviga o`tkaziladi!
“Yoqilg`i-energetika tarmog`ida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-118-son, 23.08.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko`ra, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (O`zenergoinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi bo`ysunuviga o`tkaziladi.
O`zenergoinspeksiya yoqilg`i-energetika tarmog`ida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
O`zenergoinspeksiyaga quyidagi qo`shimcha vazifalar yuklandi:
energiya samaradorligi bo`yicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
yillik energiya iste’moli 500 tonna shartli yoqilg`idan yuqori bo`lgan barcha sanoat korxonalarida energiya iste’molini boshqarish tizimini (Енергй Манагемент Сйстем) joriy etishni nazorat qilish;
sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to`liq raqamlashtirish;
energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy o`lchov laboratoriyalari bo`yicha minimal talablarni belgilash.
O`zenergoinspeksiyaning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat bo`lgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev