Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qaror (PQ-296-son, 21.08.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim qarorlariga o`zgartirishlar kiritildi!


Qaror (PQ-296-son, 21.08.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim qarorlariga o`zgartirishlar kiritildi!

Qarorga ko`ra, Ichki ishlar organlarida xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o`tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

“katta leytenant” – 3 yil;

“kapitan” – 4 yil;

“mayor” – 5 yil;

“podpolkovnik” – 6 yil”.

Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o`tash to`g`risidagi nizomga o`zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o`tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

“bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;

“bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;

“bojxona xizmati mayori” – 5 yil;

“bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.

Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizomga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

“katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;

“kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;

“mayor” harbiy unvonida – 5 yil;

“podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.

Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o`tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

“katta leytenant” – 3 yil;

“kapitan” – 4 yil;

“mayor” – 5 yil;

“podpolkovnik” – 6 yil”.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev