Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Quyosh paneli uchun kredit olinganida kredit foizi uchun kompensatsiya beriladi


Quyosh paneli uchun kredit olinganida kredit foizi uchun kompensatsiya beriladi

     Aholining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ushbu qurilmalarni sotib olish uchun ajratiladigan “yashil” isteʼmol kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berilishini taʼminlash maqsadida 2023 yil 29 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yashil” isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror eʼlon qilingan. 

     Qarorga koʻra  banklar tomonidan “yashil” isteʼmol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini oʻrnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

     BHMning 500 baravarigacha boʻlgan “yashil” isteʼmol kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan koʻp boʻlmagan qismi uchun 3 yil kompensatsiya beriladi.

    Yaʼni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 14 foiz, agar kredit foizi 19 foiz boʻlsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

     Mazkur kompensatsiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani oʻzlari yuboradi.

Qahramon Xafizov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi shoʻba boshligʻi