Янгиликлар
Quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektr ming soʻmdan sotib olinadi
Quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektr ming soʻmdan sotib olinadi
Quyosh paneli oʻrnatgan aholi tomonidan oʻz ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovatti uchun 1 000 soʻmdan subsidiya beriladi, yaʼni davlat elektrni aholidan 1000 soʻmdan sotib oladi. )
Mazkur subsidiyani olish uchun “Soliq” mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.
Tadbirkorlar tomonidan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan har bir kilovatt elektr 720 soʻmdan sotib olinadi. Bunga oid shartnomani tuzish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tuman (shahar) filiallariga murojaat qilish lozim.
Alisher Turgʻunov,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi bosh maslahatchisi