Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Quyosh elektr stansiyasini toʻliq oʻz mablagʻidan qurganlarga kompensatsiya beriladi


Quyosh elektr stansiyasini toʻliq oʻz mablagʻidan qurganlarga kompensatsiya beriladi

 

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

—   Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

—   0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar;

—   1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar;

—   1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar;

—   2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar;

—   5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).

Shohjahon Azizboyev,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi