Янгиликлар
Qayta tiklanuvchi energiya manbaalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadi
Qayta tiklanuvchi energiya manbaalari foydalanuvchilari mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroroiga koʻra, umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etilishi belgilangan:
— ushbu qurilmalar boʻyicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda boʻyicha — foyda soligʻini;
— uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini.
Agar qurilmalar oʻrnatilayotgan quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam boʻlmagan quvvatni tashkil etadigan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari ular foydalanishga topshirilgan kundan boshlab 10 yil muddatga qoʻllaniladi.
Axror Eshonboyev,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi bosh maslahatchisi