Янгиликлар
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud
Yongʻin xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan buzilishi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:
➖BHMning 25 baravaridan 50 miqdorda (8 mln 500 ming soʻmdan 17 mln soʻmgacha) jarima solish;
➖5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
➖ yilgacha axloq tuzatish ishlari;
➖1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
➖3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Agarda mazkur qilmish:
— odam oʻlishiga;
— boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa:
➖muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
➖5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Xurshid Pirnazarov,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi shoʻba boshligʻi