Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi yanada rivojlantiriladi


Tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi yanada rivojlantiriladi

 

    “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.

    Mazkur qarorga koʻra, quyidagilar belgilandi:

➖“Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi;

➖davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi;

➖konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda koʻrsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

➖“Avitsenna” nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi;

➖toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

➖togʻli, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud boʻlgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;

➖2025 yil 1 aprelgacha internet tarmogʻi orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sogʻlomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent toʻlovi toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Jasur Qayumov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi shoʻba boshligʻi