Янгиликлар
Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
Joriy yil 23 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:
????2025 yil 1 yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
????2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
????2025 yildan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.
Shuningdek, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:
➖kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;
➖tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.
Shohrux Toshpoʻlatov,
Toshkent viloyati adliya
boshqarmasi shoʻba boshligʻi