Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi


Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi

 

“Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Kambagʻallikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va toʻplangan milliy tajriba hamda ilgʻor xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Dastur 2024 yil 1 noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:

????барқарор bandlik va yuqori daromad topishga erishish;

????таълим olish va kasb-hunar oʻrganish;

????кафолатланган davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;

????ижтимоий xizmatlardan foydalanish;

????яшаш sharoitlarini yaxshilash;

????давлат tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;

????давлат organlari xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish.

 

 

Oqilbek Rahimov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi