Янгиликлар
Uy-joy uchun subsidiya olish tartibi qanday.
Uy-joy uchun subsidiya olish tartibi qanday.
23 sentyabrdan subsidiya uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Ariza beruvchi o‘zining daromadi yetmasa, uning xohishiga ko‘ra, daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin.
Subsidiya uchun kimga murojaat qilinadi?
Subsidiya olish uchun davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali ariza beriladi. Bunda anketa-ariza elektron tarzda to‘ldiriladi va mazkur xizmat mutlaqo bepul. 23 sentyabrdan yana arizalar qabul qilish boshlanadi.
Subsidiya olish uchun daromad qancha bo‘lishi lozim?
Subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan fuqarolar yoki oilalarga beriladi. Ariza beruvchi va/yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori:
???? Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming so‘m) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming so‘m);
???? Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur.
Daromadi yetmasa qanday yo‘l tutish mumkin?
Ariza beruvchi o‘zining daromadi yetmasa, uning xohishiga ko‘ra, daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin.
Cubsidiya ajratishda nimalarga e’tibor qaratiladi?
Subsidiya ajratishning mezonlari bor, ularning birinchisi yuqorida keltirilgan oylik daromad miqdori. Ikkinchisi, arizachining amaldagi turar joyining maqomi:
???? ijara (er-xotinning o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas) egasining ruxsati bilan tekin turar joy (er-xotinning o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas) ariza beruvchining o‘z mulkida yakka tartibdagi uy-joyi mavjudligi (yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish uchun). Uchinchidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar:
???? “labor-migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migranti;
???? olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi;
???? yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar. To‘rtinchidan, ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi:
???? birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs;
???? surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi;
???? og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan. Ijtimoiy mezonlar asosida 30 (jami 50 baldan) va undan yuqori ball to‘plaganlarga subsidiya beriladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh maslaxatchisi V.M.Farmankulov