Янгиликлар
Fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari yanada mustahkamlanadi
Fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari yanada mustahkamlanadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-963-son, 20.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
???? Qonunga ko‘ra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bog‘liq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
✔️ Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
▶️ Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh maslaxatchisi V.M.Farmankulov