Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Oilaviy tadbirkorlik uchun aholiga 14 foizlik kreditlar beriladi


Oilaviy tadbirkorlik uchun aholiga 14 foizlik kreditlar beriladi

 

???? PQ-55-son prezident qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada quyidagilar uchun ajratiladi:

 

oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

 

chorvachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala do‘konlari” qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilga;

 

bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;

 

oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha;

 

“Hunarmand” uyushmasi a’zolariga asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh maslaxatchisi                          V.M.Farmankulov