Янгиликлар
Kamera orqali olingan yo‘l qoidasini buzilganligi bo‘yicha jarima kelganda uni bekor kilish uchun kimga va qanday tartibda murojaat qilinadi?
Kamera orqali olingan yo‘l qoidasini buzilganligi bo‘yicha jarima kelganda uni bekor kilish uchun kimga va qanday tartibda murojaat qilinadi?
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 315-moddasiga ko‘ra Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat berilishi mumkin. Shikoyat ish yuzasidan qaror qabul qilgan mansabdor shaxs orqali yoki bevosita jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga yuboriladi.
❗️Shikoyat qarorning nusxasi olingan kundan boshlab 10 kun ichida berilishi mumkin.
◾️Mazkur muddat uzrli sabablar bilan (kasallik, ta’til, xizmat safari va h. k.) o‘tkazib yuborilgan taqdirda shaxsning arizasiga ko‘ra tegishli holatni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda, shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
◾️Ish yuzasidan qaror chiqargan mansabdor shaxs shikoyatni olgach, uni 3 kun ichida ish bilan birga shikoyatni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan organ (mansabdor shaxs)ga yuboradi. Belgilangan muddatda qarorning ustidan shikoyat berish uning ijrosini shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turadi.
❗️Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh maslaxatchisi V.M.Farmankulov