Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Agar tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq nizolarda taraflardan biri norezident (chet el fuqarosi) bo‘lsa qaysi iqtisodiy sudga murojaat qilish kerak?


Agar tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq nizolarda taraflardan biri norezident (chet el fuqarosi) bo‘lsa qaysi iqtisodiy sudga murojaat qilish kerak?

 

Ishlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni qaysi sudga taalluqliligi Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilab qo‘yilgan.

Xususan, mazkur kodeksning 32-moddasida:

 

- taraflardan biri O‘zbekiston Respublikasi norezidenti — chet el shaxsi bo‘lgan ishlarni;

 

- arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni;

 

- chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari ko‘rib chiqishi belgilangan.

 

Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘riladi.

 

Shuningdek, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘riladi.

 

Qolgan barcha ishlar birinchi instansiya sudlari tomonidan hal etiladi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat

          ko‘rsatish markazi bosh maslaxatchisi                          V.M.Farmankulov