Янгиликлар
Boshqa bir shaxs haqida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan
Boshqa bir shaxs haqida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan
???? Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202 prim 2-moddasiga asosan, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
✏️ Oddiyroq aytganda biror-bir shaxs to‘g‘risida uni xurmatini to‘kadigan yoki shaxsiyatiga tegadigan yolg‘on ma’lumotni internet orqali tarqatsangiz xam, ko‘cha-kuyda xammaga aytib tarqatsangiz xam yuqoridagi miqdorda javobgarlikka tortilishingiz mumkin
Oqqo‘rg‘on tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh maslaxatchisi V.M.Farmankulov