Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xодимнинг noqonuniy mehnat qilish huquqidan mahrum etilishi oqibatida yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash majburiyati


Xодимнинг noqonuniy mehnat qilish huquqidan mahrum etilishi oqibatida yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash majburiyati

Ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining oʻrnini unga qoplashi shart. Agar ish haqi quyidagilar natijasida olinmagan boʻlsa, shunday majburiyat yuzaga keladi:

ishga qabul qilish gʻayriqonuniy ravishda rad etilganligi;

xodim gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilganligi;

xodim ishdan gʻayriqonuniy ravishda chetlashtirilganligi;

xodim bilan mehnat shartnomasi gʻayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi;

xodimga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi koʻchirmasi berilishi ish beruvchi tomonidan kechiktirilganligi;

mehnat nizolarini koʻrib chiqish boʻyicha organning xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisidagi qarorini oʻz vaqtida bajarmaganligi;

xodimning boshqa ishga kirishiga toʻsqinlik qiladigan, uning shaʼniga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar har qanday usul bilan tarqatilganligi;

qonunlar hamda jamoa kelishuvlarida va (yoki) jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar.

              ish beruvchi ushbu majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zxiyon sud tartibida undiriladi.

              Oлмалиқ shahar YUXKM    boshligʻi     M.M.Ashurova