Янгиликлар
Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda mehnat shartnomasi taraflarining aralash javobgarligi
Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda mehnat shartnomasi taraflarining aralash javobgarligi
Agar jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi ziyonning kelib chiqishiga yoki koʻpayishiga sabab boʻlsa, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan ziyon miqdori jabrlanuvchi aybining darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.
Jabrlanuvchi tomonidan qoʻpol ehtiyotsizlik qilingan va ish beruvchining aybi boʻlmagan hamda ish beruvchining javobgarligi u aybliligidan yoki aybsizligidan qatʼi nazar yuzaga keladigan hollarda, oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zarar miqdori sud tomonidan ham kamaytirilishi mumkin.
Bunda ziyonning oʻrnini qoplashni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aralash javobgarlik xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash chogʻidagi qoʻshimcha xarajatlarning oʻrnini qoplashga, bir yoʻla beriladigan nafaqani toʻlashga, shuningdek boquvchi boʻlgan xodim vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplashga tatbiq etilmaydi.
Oлмалиқ shahar YUXKM boshligʻi M.M.Ashurova