Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Boquvchining yoʻqotilgan ish haqi oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik toʻlovlar miqdori qanday hisoblanadi?


Boquvchining yoʻqotilgan ish haqi oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik toʻlovlar miqdori qanday hisoblanadi?

Vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga nisbatan ziyonning miqdori marhumning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida, uning oʻziga tegishli boʻlgan ulushni va uning qaramogʻida boʻlgan, ammo ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlmagan mehnatga qobiliyatli shaxslarning ulushi chegirib tashlangan holda belgilanadi.

Ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan shaxslarning har biriga nisbatan ziyonning oʻrnini qoplash miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining ushbu shaxslarning barchasiga toʻgʻri keladigan qismi ularning soniga boʻlinadi.

Marhumning qaramogʻida boʻlmagan, ammo ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar uchun uning miqdori quyidagi tartibda belgilanadi, agar:

taʼminot mablagʻi sud tartibida undirilgan boʻlsa, u holda ziyonning oʻrnini qoplash sud tomonidan tayinlangan miqdorda belgilanadi;

taʼminot mablagʻi sud tartibida undirilmagan boʻlsa, u holda ziyonning oʻrnini qoplash ularning moddiy ahvoli hamda marhumning hayotlik vaqtida ularga yordam koʻrsatish imkoniyati hisobga olingan holda belgilanadi.

Agar marhumning qaramogʻida boʻlgan shaxslar ham, uning qaramogʻida boʻlmagan shaxslar ham ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlsa, avvalo marhumning qaramogʻida boʻlmagan shaxslarga ziyonning oʻrnini qoplash miqdori belgilanadi. Ular uchun belgilangan ziyonning oʻrnini qoplash summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, soʻngra ish haqining qolgan miqdoridan kelib chiqib, marhumning qaramogʻida boʻlgan shaxslarga ziyonning oʻrnini qoplash miqdori o’zrmk ning 331-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.

Boquvchini yoʻqotganligi munosabati bilan ziyonning oʻrni qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan shaxslarga tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va oʻzga daromadlar ziyonning oʻrnini qoplash hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramoqdagi har bir shaxsga tegishli ziyonning oʻrnini qoplash summasi qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ellik foizidan kam boʻlmasligi kerak.

Oлмалиқ shahar YUXKM    boshligʻi     M.M.Ashurova