Янгиликлар
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan ish beruvchi ziyon uchun qanday toʻlovlarni amalga oshiradi?
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan ish beruvchi ziyon uchun qanday toʻlovlarni amalga oshiradi?
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 329- moddasiga asosan, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni ish beruvchi tomonidan qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan shaxslarga quyidagilarni toʻlashni oʻz ichiga oladi:
bir yoʻla beriladigan nafaqani;
boquvchining yoʻqotilgan ish haqi oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik toʻlovlarni;
qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilishni.
Mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmasligi kerak.
Oлмалиқ shahar YUXKM boshligʻi M.M.Ashurova