Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar


Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar

Zarar uni bartaraf etib boʻlmaydigan kuch, oqlangan xoʻjalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.

Oqlangan xoʻjalik tavakkalchiligi deganda qoʻyilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin boʻlmaganda, xodimning oʻz zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada gʻamxoʻrlik koʻrsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan holda hamda xoʻjalik tavakkalchiligining obyekti odamlarning hayoti va sogʻligʻidan emas, balki moddiy boyliklardan iborat boʻlgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi.

         Oлмалиқ shahar YUXKM    boshligʻi     M.M.Ashurova