Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ish beruvchi oʻziga etkazilgan zarar miqdorini qanday aniqlaydi?


Ish beruvchi oʻziga etkazilgan zarar miqdorini qanday aniqlaydi?

mehnat faoliyati jarayonida xodim tomonidan ish beruvchiga zarar yetkazilgan taqdirda ushbu yetkazilgan zarar miqdori buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosidagi haqiqiy yoʻqotishlar boʻyicha belgilanadi.

Ish beruvchining asosiy fondlarga (vositalarga) taalluqli boʻlgan mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdori belgilangan normalarga koʻra eskirish chegirib tashlangan, moddiy qimmatliklarning balans qiymatidan (tannarxidan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Zararning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun xodimdan yozma tushuntirish talab qilish majburiydir. Xodimning tushuntirish berishdan bosh tortishi uning ish beruvchiga zarar yetkazganlik uchun moddiy javobgarlikka tortilishiga monelik qilmaydi va hozir boʻlgan guvohlar koʻrsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchining asosiy fondlarga (vositalarga) taalluqli mol-mulki oʻgʻirlangan, kamomad boʻlgan, qasddan yoʻq qilingan yoki qasddan buzilgan taqdirda zararning miqdori zarar aniqlangan kunda ushbu hududda amalda boʻlgan bozor narxlari boʻyicha hisoblab chiqariladi. Boshqa hollarda zararning miqdori u yetkazilgan kuni mazkur hududda amalda boʻlgan bozor narxlari boʻyicha hisoblab chiqariladi.

Qonunchilikda ish beruvchiga oʻgʻirlik, mol-mulkning ayrim turlari va boshqa moddiy qimmatliklar kamomadi yoki yoʻqotilganligi tufayli yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashning alohida tartibi, shu jumladan ish beruvchiga yetkazilgan zararning haqiqiy miqdori uning nominal miqdoridan koʻp boʻlgan hollarda zararni bir necha karra baravar hisoblab chiqarishning alohida tartibi belgilanishi mumkin.

Oлмалиқ shahar YUXKM    boshligʻi     M.M.Ashurova