Янгиликлар
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to’lovlar oshdimi?
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to’lovlar oshdimi?
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-sonyoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga ko’ra, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024−2025 yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda 2024-yilning 1-mayidan aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, elektr energiyasi bir oylik bazaviy me’yori 200 kVt/soatni, tabiiy gaz uchun esa isitish mavsumida 500 kub metrni, boshqa mavsumda esa 100 kub metrni tashkil qilmoqda.
Bunda, bir oylik elektr energiyasi uchun to’lov 200 kVt/soatgacha 450 so’mdan, 201 kVt/soatdan, 1000 kVt/soatgacha 900 so’mdan, 1001 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 1350 so’mdan, 5001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 1575 so’mdan, 10 001 kVt/soatdan keyin 1 800 so’mdan hisoblanadi.
Tabiiy gaz uchun esa, isitish mavsumida bir oy davomida 500 kub metrgacha 650 so’mdan, 501 kub metrdan 2500 kub metrgacha 1500 so’mdan, 2501 kub metrdan 5000 kub metrgacha 1950 so’mdan, 5001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha 2275 so’mdan, 10 001 kub metrdan keyin 2600 so’mdan hisoblanadi.
Tabiiy gaz uchun boshqa mavsumda 100 kub metrgacha 650 so’mdan, 101 kub metrdan 2500 kub metrgacha 1500 so’mdan, 2501 kub metrdan 5000 kub metrgacha 1950 so’mdan, 5001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha 2275 so’mdan, 10 001 kub metrdan keyin 2600 so’mdan hisoblanadi.
Olmaliq shahar Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Aralov Akrom Jo’rayevich