Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Savol bering javob beramiz ruknidan


Savol bering javob beramiz ruknidan

                                             

Savol: Farzandimning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvoxnomasi turli xil oilaviy sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida olinmagan, o‘z vaqtida olinmagan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvoxnomani qanday qilib olsa bo‘ladi?

 

Javob: Agar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvoxnoma o‘z vaqtida olinmagan bo‘lsa, bu FHDYo organi orqali amalga oshiraladi. "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risida"gi Yo‘riqnomaga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilishini qayd etish uchun FHDYo organiga tug‘ilishni qayd etish muddatini o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilgan ariza va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

·        bolaning tug‘ilganligi haqida tibbiy ma'lumotnoma;

·        bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida ma'lumotnoma;

·        bolaning ta'lim olayotganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma;

·        tegishli FHDYo arxividan ushbu bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma.

·         

Olmaliq shahar Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                                  Aralov Akrom Jo’rayevich