Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Savol bering javob beramiz ruknidan


Savol bering javob beramiz ruknidan

 

Savol: Xodimaning kredit qarzdorligi bor u dekretga chiqqan MIB uning dekret pulidan kredit qarzdorligi uchun dekretidan ushlab qolishi mumkinmi?

Javob: Yo‘q, mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 69-moddasida undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan summalar ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 69-moddasi undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:

·        mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli ko‘rilgan zararni to‘lash summalariga;

·        xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a'zolariga to‘lanadigan summalarga;

·        bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;

·        aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lanadigan summalarga;

·        mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun to‘lanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta'siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda to‘lanadigan summalarga;

·        homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa summalariga;

·        dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;

·        qisman haq to‘lanadigan ta'til davrida bolani parvarishlash uchun to‘lanadigan summalarga;

·        bola tug‘ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan to‘lanadigan summalarga;

·        xizmat safari, boshqa joyga ishga o‘tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;

·        mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi tariqasida to‘lanadigan summalarga.

 

Olmaliq shahar Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                                  Aralov Akrom Jo’rayevich