Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda sud qarorlarini tan olish va ijro etishni rad etish.



Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga

oshirishda sud qarorlarini tan olish va ijro etishni rad etish.

Toshkent tuman adliya bo‘limi Inson huquqarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi bosh maslahatchisi M.A.Hasanov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent – 2024 yil.




Ishning rejasi:

I. Kirish

1)    Sud qarorlarining xalqaro jinoyat huquqining manbai sifatida o’rni, uning xalqaro jinoyat huquqi uchun ahamiyati.

II.    Asosiy qism

1)    Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda sud qarorlarini tan olish va ijro etishni rad etish bilan bog’liq asosiy ilmiy qarashlar, olimlarning ilmiy ishlari, ushbu mavzuning xalqaro huquq fanida o’rganilganligi holati;

2)     Ushbu sohani tartibga solishga oid qabul qilingan
xalqaro-huquqiy hujjatlarning umumiy tahlili.

3)     Sud qarorlarini tan olish va ijro etishni rad etish bilan bog’liq sudlov organlari amaliyoti.

 

III.   Xulosa



Annotatsiya

Ushbu tahlil Sud qarorlarining xalqaro jinoyat huquqining manbai sifatida o’rni, uning xalqaro jinoyat huquqi uchun ahamiyati, Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda sud qarorlarini tan olish va ijro etishni rad etish bilan bog’liq asosiy ilmiy qarashlar, olimlarning ilmiy ishlari, ushbu mavzuning xalqaro huquq fanida o’rganilganligi holati, Ushbu sohani tartibga solishga oid qabul qilingan xalqaro-huquqiy hujjatlarning umumiy tahlili, sudlov organlari amaliyoti hamda u bilan bog’liq muammo va kamchiliklarni o’rganishga qaratilgan.

Kalit so’zlar:

BMT nizomi, Xalqaro sud statuti, Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi, Xalqaro Jinoyat qonuni, Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish, Xalqaro shartnoma va konvensiyalar, xalqaro jinoyatlar, xalqaro hamkorlik, ekstraditsiya

 

Borgan sari o'zaro bog'liqlik kuchayib borayotgan dunyoda hech bir mamlakat jinoyatchilikka qarshi yakka holda va hamkorliksiz samarali kurasha olmaydi. Davlatlarning bir-biriga tez va samarali yordam berish qobiliyati endi ixtiyoriy emas, balki ular xalqaro jinoyatchilikka qarshi samarali kurash olib borish uchun mutlaq zaruratdir.

Hozirgi vaqtga kelib xalqaro jinoyat huquqiga oid yetarlicha manbalar tizimi shakllantirilib bo’lingan. Ushbu manbalar qatoriga sud tomonidan qabul qilingan qarorlar yordamchi manba sifatida ham kiritilgan bo’lib, ular xalqaro jinoyat huquq sohasida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi ya’ni ular xalqaro huquqning ma’lum bir qat’iy normalari yaratilishida muhim rol o’ynaydi. Misol uchun 1946-yilning 16-dekabr sanansida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assembleyasi Nyurnberg tribunai sifatida tan olingan va ushbu tribunalning hukmlarida aks ettirilgan xalqaro huquq normalarini tasdiqladi[1]. Bundan tashqari odatda bir mamalakat sudi chiqargan sud qarorining yurisdiksiyasi odatda ushbu davlat hududi uchungina majburiydir. Boshqa bir xorijiy mamlakat sud qarorining boshqa mamlakatda tan olinishi va ijro etilishi faqatgina ushbu davlatning aniq qonunlari va u ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi[2].

Shuningdek, sud qarorlari taraflarga faqatgina to’g’ridan to’g’ri biror bir majburiyatni bajarishni yuklaydi[3]. Xalqaro sud statutining 59-moddasida belgilanganidek, sud qarorlari faqatgina mazkur ishda ishtirok etayotgan taraflar va faqatgina ko’rilayotgan ish uchun majburiydir[4]. Ya’ni bunda agarda sud tomonidan keyinchalik boshqa shunga o’xshash ko’rilsa, sud ko’rilgan ish bo’yicha chiqarilgan yoki unga oid dalillarni hamda boshqa yordamchi manbalarga ham tayanishi mumkin. Bundan tashqari Jinoyat ishlari bo'yicha sud hamkorligi hukmlar va sud qarorlarini o'zaro tan olish tamoyiliga asoslanadi va a'zo davlatlar qonunlarini bir qancha sohalarda yaqinlashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi.

Bundan tashqari, xalqaro hamkorlik sohasida bir davlat tomonidan chiqarilgan sud qarorini boshqa davlat tomonidan tan olish yoki uni rad etish holatlarini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi misolida ko’radigan bo’lsak, Jinoyat protsessual kodeksiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsga nisbatan chet davlat sudi tomonidan qabul qilingan hukmni ijro etish uchun ushlab berish to‘g‘risidagi chet davlatining so’rovi xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki o‘zarolik prinsipi asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek milliy qonunchilikka ko’ra shaxsni ushlab berish uchun bir qancha asoslar mavjud:

-         agar shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilayotganida sodir etilgan qilmish uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bir yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni yoki og‘irroq jazoni nazarda tutsa;

-         agar o‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risida so‘rov yuborilgan shaxs olti oydan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki og‘irroq jazoga hukm qilingan bo‘lsa;

-         so‘rovni yuborgan xorijiy davlat o‘ziga nisbatan so‘rov yuborilgan shaxsning faqat so‘rovda ko‘rsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini hamda sud muhokamasi tugaganidan va jazoni o‘taganidan keyin mazkur davlat hududini erkin tark eta olishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining roziligisiz uchinchi davlatga chiqarib yuborilmasligini, topshirilmasligini yoxud ushlab berilmasligini, xuddi shuningdek qiynoqlarga, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilmasligini kafolatlasa[5]. Ya’ni bunda chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan sud qarori O’zbekiston Respublikasida tan olinishi uchun unga bir qancha yuqoridagi asoslar ko’rsatilishi kerak.

Shuningdek, milliy qonunchilikka ko’ra bir qancha asoslar mavjud bo’lgan taqdirda chet el sudi tomonidan chiqarilgan qarorni tan olish rad etilishi mumkin bo’lib bular: agar so’ralayotgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa, hukm qilinishiga sabab bo’lingan jinoyat O‘zbekiston hududida yoki uning manfaatlariga qarshi uning hududidan tashqarida sodir etilgan bo‘lsa, hukm qilinishiga sabab bo‘lgan qilmish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko‘ra jinoyat bo‘lmasa, qonunchilikka muvofiq muddati o‘tib ketganligi tufayli chet el sudi chiqargan hukmni ijro etish mumkin bo‘lmasa, shaxs uni so‘rayotgan davlatda irqi, diniy e’tiqodi, fuqaroligi, millati, muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy e’tiqodiga ko‘ra ta’qib etilishi mumkinligi sababli O‘zbekiston Respublikasida boshpana berilgan bo‘lsa har qanday chet el sudi chiqargan qaror tan olinmaydi.

Jinoyat ishlari bo'yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda sud qarorlarini tan olish va ijro etishni rad etish xalqaro huquq sohasi katta e'tiborni tortgan murakkab va ko'p qirrali mavzudir. Quyida ushbu mavzuga oid asosiy ilmiy qarashlar va ilmiy ishlar bo’lib ulardan biri London universitetining xalqaro huquq professori Uilyam A. Schabas hisoblanadi. Uning "Xalqaro jinoiy sud: Rim statutiga sharh" nomli kitobida Xalqaro Jinoyat Sudining yurisdiksiyasi, protseduralari, uning chiqargan qarorlarining ahamiyati, qarorlarni ijro etish bilan bog’liq muammolar, ularni takomillashtirishga oid bir qancha takliflar berib o’tgan[6], xususan u chet davlatning jinoyat sudining o’ta og’ir, insoniyatga qarshi jinoyat bo’yicha chiqargan qarorini boshqa bir davlatda tan olinishini xalqaro shartnomalarda majburiy etib belgilash taklifini kiritadi.

Jinoyat ishlari bo'yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda sud qarorlarini aniqlash va ijro etishni rad etish yoki rad etish masalalariga bag'ishlangan bir qancha xalqaro shartnomalar va konvensiyalar mavjud bo’lib, bu boradagi e’tiborli konvensiyalardan biri Ekstraditsiya to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi[7] bo‘lib, unda a’zo davlatlar o‘rtasida ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovlarni rad etish tartibi va asoslari belgilab berilgan.

Yana bir hujjat - BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi[8] - uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik uchun asos yaratgan konvensiyalardan biri bo’ldi. Bundan tashqari, Soliq masalalari bo'yicha o'zaro ma'muriy yordam to'g'risidagi konvensiya [9]jinoiy ishlarda, ayniqsa moliyaviy jinoyatlar bilan bog'liq ishlarda hamkorlik va rad etish jihatlariga ham alohida to’xtalib o’tilgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu konvensiyalar jinoiy ishlar bo'yicha xalqaro hamkorlik bo'yicha ko'rsatmalar berishi mumkin bo'lsa-da, bunda har bir mamlakat o'z suverenitetini saqlab qoladi va muayyan holatlarda hamkorlik so'rovlarini ko'rib chiqish va potentsial ravishda rad etish huquqiga ega[10]. Shu sababli, ushbu konvensiyalarning qo'llanilishi tegishli mamlakatlarning o'ziga xos holatlari va milliy qonunchiligiga qarab farq qilishi mumkin.

Mavzuga oid sudlov amaliyoti masalasiga kelsak, bunda 2012-yilda Liviya davlati Misr davlatidan bir necha marta qotillik jinoyatini sodir etganligi yuzasidan jinoiy javobgarlikka tortish uchun qidiruvda bo'lgan o’z fuqarosi Rezaul Karimni ekstraditsiya qilishni so'ragan, Misr davlati ekstraditsiya so‘rovini ko‘rib chiqqach, Liviya mamlakati tomonidan taqdim etilgan dalillarning yetarliligi va ekstraditsiya qilingan taqdirda janob Rezaul Karim uchun inson huquqlariga ta’sir qilishi mumkinligi haqida xavotir bildirgan. Natijada, Liviya davlati tomonidan ushbu shaxs uchun qo'shimcha ma'lumot va kafolatlar uchun qayta-qayta so'rovlarga qaramay, Misr davlati oxir-oqibat ekstraditsiya so'rovini rad etishga qaror qiladi.

Shundan so’ng, Liviya davlati Misr davlatining qaroridan norozi bo‘lib, Liviya davlatining sud qarorini tan olish va ijro etishdan bosh tortishi jinoiy ishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlik sohasiga putur yetkazilganligini ma’lum qiladi. Biroq Misr davlati o’zi tomonidan taqdim etilgan dalillar barcha xalqaro shartnoma va konvensiyalar standartlarga javob berishini ta'kidlab va Liviya davlatini xalqaro huquq bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaslikda ayblaydi. [11]

Ushbu vaziyatda bir qancha huquqiy masalalar mavjud bo’lib, ulardan biri ushbu ikki davlat o’rtasidagi xalqaro hamkorlik va milliy suverenitet o'rtasidagi taranglikdir. Ushbu ishda mamlakatlar suvereniteti va huquqiy me'yorlarini hurmat qilgan holda jinoiy ishlarda bir-biri bilan hamkorlik qilishga qanchalik majbur ekanligi haqida savollar tug'diradi. Keyingi masala Liviya davlatining ekstraditsiya so‘rovini rad etish to‘g‘risidagi qarori xalqaro huquqqa muvofiq bunday so‘rovlarni rad etish mezonlari va tartiblari, jumladan, inson huquqlari va dalillarning yetarliligi bilan bog‘liq xavotirlar o’rinli yoki o’rinsiz ekanligi masalasi, hamda ushbu ishda sud qarorlarini chegaralar orqali ijro etishdagi qiyinchiliklar va bunday qarorlarni tan olishni rad etishning xalqaro munosabatlar va adolatga nisbatan ta’siridir. Ya’ni bunda rad etilgan sud qarori ishi jinoyat huquqi sohasidagi xalqaro hamkorlik va milliy suverenitet o'rtasidagi murakkab muvozanatni ta'kidlaydi. Bu inson huquqlari va huquqiy me'yorlarga hurmatni ta'minlash bilan birga ekstraditsiya so'rovlarini ko'rib chiqishning aniq mezonlari va tartiblari hamda xalqaro hamkorlikning boshqa shakllari zarurligini ta'kidlaydi. Oxir oqibat, bunday nizolarni hal qilish muloqot, muzokaralar va xalqaro huquq tamoyillariga amal qilishni talab qiladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Jinoyat ishlari bo'yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda sud qarorlarini tan olish va ijro etishni rad etish masalasi murakkab va ko'p qirrali. Mamlakatlar sud qarorlarini rad etgan hollarda, xalqaro hamkorlik majburiyatlari va suveren davlatlarning o'zlarining huquqiy me'yorlarini qo'llab-quvvatlash va shaxsiy huquqlarini himoya qilish huquqlari o'rtasida keskinlik yuzaga kelgan, xalqaro hamkorlik transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish va adolatni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lsa-da, u milliy suverenitet va huquqiy tamoyillarga hurmat bilan mutanosib bo‘lishi kerak.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydalanilgan manbalar:

1.     BMT Nizomi;

2.     BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi

3.     Ekstraditsiya to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi.

4.     Soliq masalalari bo'yicha o'zaro ma'muriy yordam to'g'risidagi konvensiya

5.     Umarxonova D.SH..X.R.Ochilov. Xalqaro Jinoyat Huquqi: Darslik; - T.:TDYU, 2019, 154-bet.

6.     Oblakulov D, Mustanov I. Xalqaro Jinoyat Huquqi. / Monografiya./ TDYuI. – Toshkent, Adolat – 2013-yil. 120-bet

7.     www.un.org

8.     lex.uz

9.     www.worldlii.org

10. www.icj-cij.org

11. iccforum.com

12. rm.coe.int

13. treaties.un.org

14. www.oecd.org

15. treaties.un.org

16. www.europol.europa.eu

 




[1] http://www.worldlii.org/int/other/UNGA/1946/70.pdf


[2] ХХХ_дарслик 2019.pdf


[3]Umarxonova D.SH..X.R.Ochilov. Xalqaro Jinoyat Huquqi: Darslik; - T.:TDYU, 2019, 27-bet


[4] https://www.icj-cij.org/statute


[5] https://lex.uz/docs/-111460#-1687035

 


[6] https://iccforum.com/users/schabas

 


[7] https://rm.coe.int/1680064587

 


[8] https://treaties.un.org/doc/Treaties/2000/11/20001115%2011-11%20AM/Ch_XVIII_12p.pdf

 


[9] https://www.oecd.org/ctp/exchange-of-tax-information/convention-on-mutual-administrative-assistance-in-tax-matters.htm

 


[10] https://treaties.un.org/doc/Treaties/2000/11/20001115%2011-11%20AM/Ch_XVIII_12p.pdf

 


[11] https://www.europol.europa.eu/partners-collaboration