Янгиликлар
Agar talabgorlar soni oshib ketsa, subsidiya kimga beriladi?
Agar talabgorlar soni oshib ketsa, subsidiya kimga beriladi?
Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga koʻra hujjatlarni birinchi boʻlib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi. Yaʼni xujjatni vaqtliroq topshirish ham muhim roʻl oʻynaydi
Subsidiya miqdori qancha boʻladi?
2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 12 foizdan oshgan qismiga toʻlanadi.
Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024 yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonslti
A.Abdugʻaffarov