Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Jismoniy shaxslar uyiga quyosh elektr panellarini oʻrnatgan holda, mol-mulk yer soligʻidan ozod qilinishi boʻyicha


 Jismoniy shaxslar uyiga quyosh elektr panellarini oʻrnatgan holda, mol-mulk yer soligʻidan ozod qilinishi boʻyicha

Soliq kodeksining 421-moddasi   birinchi kismi 4-bandiga hamda 436-moddasi   birinchi qismi 7-bandiga asosan energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib koʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga mol-mulk va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyozlar energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻlik uzib koʻyilgan xolda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida energiya taʼminoti tashkilotlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida beriladi.

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi PQ.57-sonli   qarorining 9-bandiga   asosan 2023 yil 1 apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar boʻyicha mol-mulk soligʻi, qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha ep soligʻi hamda yuridik shahslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan xisoblanadigan foyda soligʻini toʻlashdan ular Foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga, oʻrnatilayotgan kuyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan kuvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa — oʻn yil muddatga ozod etiladi .

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonslti

A.Abdugʻaffarov