Янгиликлар
Davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va taʼminotidagi bolalarni farzandlikka olish
Davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va taʼminotidagi bolalarni farzandlikka olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning taʼlim olishini, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishini taʼminlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini ragʻbatlantiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, oilaviy munosabatlardan, ota-ona mehridan, qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat va jamiyat oʻz himoyasiga olib, alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatib, ularning har tomonlama komil inson boʻlib yetishishlarini taʼminlash maqsadida mazkur bolalarni voyaga yetkazish, tarbiyalash va oʻqitishni oʻz zimmasiga oladi.
Umuman olganda, voyaga yetmagan bolani farzandlikka olishda har doim masʼul shaxslar roziligi talab qilinadi. Bolalar «Mehribonlik uylari», bolalar shaharchasi, ijtimoiy himoyalash tashkilotida, tibbiy muassasada tarbiyalanayotgan hollarda, agar ularning ota-onasi roziligi talab etilmaydigan boʻlsa, ushbu muassasa rahbari farzandlikka olishga rozilik bildiradi. Shunday holatlar ham boʻlishi mumkinki, bola tarbiyalanayotgan davlat muassasasi rahbari farzandlikka olishga rozilik bermaydi. Bunday hollarda ushbu masala ish sudda koʻrilayotgan vaqtda hal qilinadi.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuristkonsurti A.A.Abdugʻaffarov