Янгиликлар
Mehnat shartnomasini xodimning arizasiga koʻra boʻshatgan toʻgʻrimi yoki bir marta qoʻpol tarzda buzgani uchun MK 161-modda bilan boʻshatgan.
Mehnat shartnomasini xodimning arizasiga koʻra boʻshatgan toʻgʻrimi yoki bir marta qoʻpol tarzda buzgani uchun MK 161-modda bilan boʻshatgan.
Amaliyotda bunday holatlarga qoʻp duch kelamiz xodim mehnat intizomini bir marta qoʻpol tarzda buzgan va buni anglagan holda oʻzining ishdan boʻshash arizasini ham yozgan. Mazkur vaziyatda ish beruvchida xodimni qaysi asos bilan ishdan boʻshatgan afzal degan ikkilanish paydo boʻladi.
Qaysi modda bilan ishdan boʻshatgan toʻgʻri boʻladi?
Mehnat kodeksining 160-moddasi xodimning tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soladi. Mazkur moddaning 4-qismini qoʻllagan holda yoki MKning 157-moddasi taraflarning kelishuviga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin. Endi holatga bevosita toʻxtaladigan boʻlsak, masalan xodim ariza yozdi agar ish beruvchi rozi boʻlsa MKning 160-moddasi 4 qismini qoʻllagan halda oʻsha kunning oʻzida mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.
Biroq ish beruvchi buni xohlamasa, xodimning 161-modda mehnat intizomini bir marta qoʻpol tarzda buzish bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni istasa, 14 kunlik muddat oʻtishi jarayonida mehnat shartnomasini MK 161-modda bilan bekor qilishi mumkin. Bunda shuni eʼtiborga olish kerakki, ish beruvchi shu 14 kun ichida kasaba uyushmasining roziligini olishi kerak. Biroq ish beruvchi 14 kun ichida mehnat shartnomasini bekor qila olmasa, xodimning tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishga majbur boʻladi chunki 14 kunlik ogohlantirish muddati oʻtgan boʻladi.
Бўстoнлиқ tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov