Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Pensiya tayinlashda “ish staji kam chiqish” muammosiga duch kelmaslik uchun nima qilish kerak?


Pensiya tayinlashda “ish staji kam chiqish” muammosiga duch kelmaslik uchun nima qilish kerak?

 

Masalan, siz biror tashkilotda ishlagansiz, lekin pensiyani hisoblash vaqti kelganda ushbu ishlagan davrdagi ish stajingiz tizimdan chiqmayapti.

Bu muammo oʻsha vaqtda ishlaganligingiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona milliy mehnat tizimi ga kiritilmaganligidan kelib chiqadi.

Bunday hollarda siz tashkilotdan ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish haqidagi buyruqlardan koʻchirmalar olgan holda va ushbu joyda mazkur davr mobaynida mehnat faoliyati yuritganlik faktini tasdiqlatishingiz kerak boʻladi.

Shuning uchun, biror tashkilotga ishga joylashayotganingizda yoki u yerdan boʻshaganingizda doimo tashkilotning kadrlar boʻyicha xodimidan maʼlumotlaringizni my.mehnat.uz bazasida toʻliq raqamlashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oling.

 

Boʻstnliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov