Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ayolni bola tarbiyalash taʼtiliga chiqishi uning mutlaq huquqi hisoblanadi.


Ayolni bola tarbiyalash taʼtiliga chiqishi uning mutlaq huquqi hisoblanadi.

Ish beruvchilar tomonidan ayollarni bola tarbiyalash taʼtiliga chiqishida yoki uni bola tarbiyalashdan qaytarishda qonunchilik bizilishiga doir koʻplab xatoliklar qilinadi. Aslida bola tarbiyalash huquqi ayolning mutlaq huquqi hisoblanadi.

Mehnat kodeksining 405-moddasiga asosan   homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga koʻra, unga bolasi ikki yoshga toʻlguniga qadar bolani parvarishlash taʼtili berilib, bu davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa toʻlanadi.

Ayolga uning xohishiga koʻra, bolasi uch yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qoʻshimcha taʼtil ham beriladi.

Bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillarning koʻpi bilan olti yili mehnat stajiga qoʻshiladi, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshib hisoblanadi.

Xodim dekret taʼtilidan ishga qaytib bir muncha muddat ishlagan boʻlsa ham oʻz xohishiga koʻra ariza yozib bolani parvarishlash taʼtiliga bemalol chiqsa boʻladi. Bu taʼtil xodimning xohishiga koʻra beriladigan taʼtil boʻlib, xodim undan bolasi 3 yoshga toʻlguniga qadar xohlagan paytida foydalanishga haqli.

Бўстoнлиқ tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov