Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Taʼlabaga dekret puli beriladimi?


Taʼlabaga dekret puli beriladimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 344-son qaroriga 1-ILOVA “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisida” nizom Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish va akademik taʼtildan soʻng ularning oʻqishini davom ettirish tartibini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil quyidagi hollarda berilishi mumkin:

harbiy xizmatni oʻtash uchun;

salomatligini tiklash uchun;

homiladorlik va tugʻish uchun;

bolalarni parvarish qilish uchun;

oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun.

Doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi asosida OTM tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʼtillari muddatiga (Mehnat kodeksi 233-234-moddalari) akademik taʼtil berilishi mumkin.

Homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun akademik taʼtilda boʻlgan talabalar kamida keyingi oʻquv yilining talaba tomonidan toʻliq oʻzlashtirilmagan semestri boshlanishi muddatiga oʻqishga qaytishi mumkin .

Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Xulosa qiladigan boʻlsak, agar talaba mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan boʻlsa, ish joyidan homiladorlik va tugʻish taʼtillari berilib, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlanadi. Agar talaba hech qayerda ishlamay, faqat oʻqiyotgan boʻlsa unga dekret puli toʻlanmaydi.

Boʻstnliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov