Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mehnat nizosi sudda 20 kundan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak!


Mehnat nizosi sudda 20 kundan kechiktirmay koʻrib chiqilishi kerak!

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 207-moddasiga binoan ishlar sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay sud tomonidan koʻriladi va hal qilinadi.

Bu muddat oʻta murakkab ishlar boʻyicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga koʻra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishlar mustasno.

Mazkur moddaning ikkinchi qismiga koʻra aliment undirish haqidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrilishi kerak.

Boʻstnliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov