Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Oʻrindosh xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ogohlantirish muddati bor.


Oʻrindosh xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ogohlantirish muddati bor.

 

Mehnat kodeksning 441-moddasiga   asosan mazkur ishga oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda oʻrindoshni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida ikki hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya toʻlashi belgilangan. Yaʼni ish beruvchi oʻrindosh xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan taqdirda uni ikki hafta oldin ogohlantirishi shart.

Bundan tashqari ishdan boʻshatish nafaqasi ham toʻlanadi. Mehnat kodeksining 442-moddasiga   asosan oʻrindoshlik (ichki yoki tashqi) asosida ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 173-moddasining   ikkinchi qismida hamda 441-moddasida   nazarda tutilgan qoʻshimcha asoslar boʻyicha bekor qilinganida xodimga ishdan boʻshatish nafaqasi ikki haftalik oʻrtacha ish haqi miqdorida toʻlanadi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, ikki haftalik ishdan boʻshatish nafaqasi ikki haftalik oʻrtacha ish haqi miqdorida toʻlanadi.

 

 

Boʻstnliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov