Янгиликлар
Agar siz oldingi yillarda ishlagan boʻlsangiz, shartnoma summasini oʻzingiz mustaqil ravishda toʻlagan boʻlsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali toʻlangan d
Agar siz oldingi yillarda ishlagan boʻlsangiz, shartnoma summasini oʻzingiz mustaqil ravishda toʻlagan boʻlsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali toʻlangan daromad soligʻini qaytarishingiz mumkin:
talaba bilan oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi, bor boʻlsa;
kontrakt mablagʻlarini mustaqil toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
pasport nusxasi
Agar taʼlim uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdori yillik daromadingizdan ortiq boʻlsa, boshqa oila aʼzosi (ota/ona, er/xotin) soliq toʻlangan summaning qolgan qismidan olingan daromad soligʻini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qoʻllanilgan summa miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilishi kerak.
Boʻstnliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov