Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xodim noqonuniy ishdan boʻshatilib sud orqali tiklanganda uning oʻrniga olingan xodimning taqdiri nima boʻladi?


Xodim noqonuniy ishdan boʻshatilib sud orqali tiklanganda uning oʻrniga olingan xodimning taqdiri nima boʻladi?

Korxonada masalan, bir xodim noqonuniy boʻshatildi va uni ishga tiklash kerak, ammo ish beruvchi uning oʻrniga boshqa ishchi olib qoʻygan vaziyat aynan olib qoʻyilgan ishchining keyingi mehnat faoliyati haqida ketmoqda. Bundan vaziyatda ish beruvchi xodim ishga tiklandi deb uning oʻrniga olingan ishchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilib yuborishi notoʻgʻri. Mehnat kodeksining 144-moddasiga   asosan agar mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga koʻra davom ettirish imkoni boʻlmasa, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga oʻtkazishni, bunday ish boʻlmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud boʻlgan boshqa ishni taklif etishi shart.

Bu vaziyatda har xil holat boʻlishi mumkin korxonada boshqa ish yoʻq yoki taklif qilinayotgan ishga xodim koʻnmasa, ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini MKning 168-moddasi   birinchi qism 22-bandi   shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra bekor qilinadi.

Bundan tashqari xodimga boshqa kafolatlangan toʻlovlarni toʻlash lozim. Birinchidan, unga ishlagan stajiga mos ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash lozim. Bunda ishdan boʻshatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bogʻliq boʻladi va uch yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlar uchun — oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan kam boʻlmasligi kerak. Ikkinchidan, mehnat kodeksi 100-moddasi   birinchi qismiga koʻra shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi munosabati bilan bekor qilinganda uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan oʻrtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega.

Boʻstnliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti M.Shukurov