Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Shartnoma boʻlmagan holatda hisob-faktura shartnoma oʻrnida oʻtadimi?


Shartnoma boʻlmagan holatda hisob-faktura shartnoma oʻrnida oʻtadimi?

Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi bir obunachi mahsulot sotganda shartnoma tuzilmaganligini, shu sababli sotilgan tovarning pulini undirishda muammoga duch kelayotganini aytib murojaat qilgan. bundan vaziyatda hisob-fakturaning oʻzi shartnoma oʻrnini bosa oladi. Qonunchilikni toʻgʻri qoʻllagan holatda sud orqali pullarni undirish mumkin.

Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 18.12.2009 yildagi 203-sonli "Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida"gi qarori 8-bandida    Sudlarga quyidagichi tushuntirish berilgan, agar taraflarning shartnomaviy huquqiy munosabatlarga kirishganligi yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlansa, shartnomaning mavjud emasligi daʼvogarning yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini undirish haqidagi talablarini qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi. .

 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov