Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Aliment toʻlovlari oshadi


. Aliment toʻlovlari oshadi

 

Majburiy ijro byurosining boʻlim katta inspektori Hakimjon Ikromovning OʻzAga maʼlum qilishicha, aliment undiruvi 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga, 1-oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori yesa 10 foizga oshadi.

Bundan tashqari, 2024-yil 1-oktyabrdan ishsiz aliment toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan aliment miqdori ham oʻrtacha 10 foizga oshadi.

 

Maʼlumot uchun: agar aliment toʻlovchi shaxs ishlamaydigan boʻlsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan boʻlsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori boʻyicha hisoblab chiqiladi.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov