Янгиликлар
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz boʻlgani bilan bekor qilinganda kasaba uyushmasi rozilik olish shart emas.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz boʻlgani bilan bekor qilinganda kasaba uyushmasi rozilik olish shart emas.
Oʻtgan kun ayni shu masala yuzasidan bir ish beruvchi bilan suhbatda ayni shu masala koʻtarildi. Mazkur ish beruvchi xodimning dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz boʻlgani munosabati bilan Mehnat kodeksining 161-moddasi bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan, ammo jamoat shartnomasida koʻrsatilgan boʻlsa-da, kasaba uyushmasining roziligini olmagan, natijada xodim sudga ishga tiklashni soʻrab daʼvo ariza bilan murojaat qilgan.
Eʼtibor qaratadigan boʻlsak, Mehnat kodeksida dastlabki sinov muddatining qoniqarsiz boʻlgani bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi 132-modda mavjud. Yaʼni ish beruvchi bunday vaziyatdagi xodim bilan mehnat shartnomasini MKning 161-moddasi bilan emas balki, MKning 132-moddasi bilan bekor qiladi. Chunki MKning 132-moddasi mehnat shartnomasini bekor qilishning alohida asosi hisoblanadi. Unga koʻra, dastlabki sinov muddati tugaguniga qadar taraflarning har biri ikkinchi tarafni kamida uch kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli. Ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz boʻlganda, xodimni sinovdan oʻtmagan deb eʼtirof etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablarni koʻrsatgan holda oʻz tashabbusiga koʻra, dastlabki sinov davrida bekor qilishga haqli.
Koʻpchilik chalgʻishi mumkin Mehnat kodeksining 164-moddasida kasaba uyushmasining roziligi olinishi kerak deb yozilgan deb. Biroq bu qoida MKning 161-moddasiga tegishli Mkning 132-moddasiga emas.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov