Янгиликлар
Mehnat qonunchiligida homilador va yosh bolali ayollarga bir qator qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar taqdim qilingan. Mazkur kafolat va imtiyozlarni koʻrib chiqamiz.
Mehnat qonunchiligida homilador va yosh bolali ayollarga bir qator qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar taqdim qilingan. Mazkur kafolat va imtiyozlarni koʻrib chiqamiz.
2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun kafolat va imtiyozlar:
• 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga ularning xohishiga koʻra, har yili 14 kalendar kundan kam boʻlmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda taʼtil beriladi (Mehnat kodeksining 150-moddasi).
• 2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin boʻlmagan taqdirda, bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar avvalgi ishidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkaziladi (MKning 227-moddasi).
Homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan keyin ayolning xohishiga koʻra, unga bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun taʼtil berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa toʻlanadi.
Bola parvarishi boʻyicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qatʼi nazar har oyda mehnatga haq toʻlashning yeng kam miqdorining 60 foizi miqdorida toʻlanadi.
Bu nafaqa byudjet tashkilotlarida ishlovchi onalarga toʻlanmaydi (MKning 234-moddasi).
2 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarga dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qoʻshimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har 3 soatda bir marta, har biri 30 minutdan kam boʻlmagan muddat bilan beriladi. 2 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi boʻlgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi (MKning 236-moddasi).
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov