Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishning nima afzalligi bor?


Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishning nima afzalligi bor?

 

“Roʻyxatdan oʻtmasam ham shu ishlar bilan bemalol shugʻullanib kelyapman” – deb oʻylashingiz mumkin. 

Roʻyxatdan oʻtishning bir qancha afzalliklari bor. Birinchidan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs cифатида roʻyxatdan oʻtgan shaxslar yiliga kamida BHMning 1 baravari miqdorida (340 ming soʻm) ijtimoiy soliq toʻlaydi. Mana shu toʻlangan soliq shaxsga mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun asos boʻladi, yaʼni pensiya uchun staj qoʻshiladi. Toʻlovning nomi soliq deb nomlansada, u toʻliq Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va keyinchalik shaxsga pensiya shu toʻlangan puldan hisoblab chiqariladi. Agar shaxs BHMning 1 baravari yemas koʻproq toʻlaydigan boʻlsa, pensiya ham shunga mos koʻproq chiqadi. 

Ikkinchidan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar topadigan puldan soliq olinmaydi. 

Uchinchidan, faoliyatni rivojlantirish, kengaytirish uchun kreditlar olmoqchi boʻlganda yoki bankdan istalgan boshqa kredit, ipoteka, avtokredit olmoqchi boʻlganda, aksariyat banklar rasmiy daromad manbaini soʻrashadi. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs cифатида roʻyxatdan oʻtishda daromad rasmiy tasdiqlanadi.

 

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov