Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

YPX xodimi qanday holatlarda haydovchini toʻxtatishi mumkin?


YPX xodimi qanday holatlarda haydovchini toʻxtatishi mumkin?

 

YPX xodimi transportni faqat quyidagi asoslar bilan toʻxtatishi mumkin:

yoʻl harakati qoidalari buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida aniqlanganda (masalan, haydovchining qizil chiroqda oʻtgani kameraga tushgan boʻlsa);

Maxsus moslamalar – audio, foto va video texnikalari yoki koʻchma fotoradar va mobil komplekslar, alkotester, narkotester, planshet hamda “tonirovka”ni oʻlchovchi vositalar;

transport, haydovchi yoki yoʻlovchi qidiruvda yekanligi, huquqbuzarlikka алоқаcи bor boʻlsa;

haydovchi yoki yoʻlovchi yoʻl transport hodisasi (YTH), huquqbuzarlikni koʻrgan boʻlsa, ulardan hodisaga oid maʼlumot olish kerak boʻlganida;

harakatni cheklash yoki taqiqlash boʻyicha qonuniy koʻrsatmalarni bajarishda (masalan, yoʻlda avariya holati boʻlgan boʻlsa, ommaviy tadbir, marafon oʻtkazilayotgan boʻlsa);

YPX xodimi haydovchining transportidan foydalanish zarurati boʻlganda (masalan, tabiiy ofat boʻlgan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtojlarni kasalxonaga olib borish, jinoyat qilganlarni taʼqib qilish);

maxsus tadbirlar vaqtida (YTH hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan harakatlar, xalq tilida “reyd” vaqtida);

“prava” va boshqa hujjatlarni tekshirish uchun.

YPX xodimi boshqa asoslarga koʻra transportni toʻxtatishi mumkin yemas. Transportni yoʻllarning koʻrish cheklangan qismlari, burilishdan oldin va keyin, tik nishablik yoki tik balandliklar, chorrahalar, yer osti oʻtish joylari oldida, temir yoʻl kesishmasi hududi va boshqa xavfli joylarda toʻxtatish taqiqlanadi.

YPX xodimining ishoralari tushunarli va oʻz vaqtida berilishi lozim.

Qoidabuzarlik aniqlanganda YPX xodimi haydovchiga avval aynan sodir yetgan qoidabuzarlikni tushuntirib, shundan soʻng hujjatlarni tekshirib, chora koʻrishi kerak.

“Reyd” vaqtida transport toʻxtatilganda YPX xodimi “reyd”ning maqsadi hamda toʻxtatish sababi haqida tushuntirish berishi kerak.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov