Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

YPX xodimi haydovchini transport kabinasidan tushishini talab qilishi mumkinmi?


YPX xodimi haydovchini transport kabinasidan tushishini talab qilishi mumkinmi?

Ha, mumkin. YPX xodimi haydovchi yoki yoʻlovchilarni quyidagi holatlarda transport kabinasidan chiqishini talab qilishi mumkin:

transport nosozligini va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf yetish uchun;

haydovchi transportni mast holda boshqarayotganda;

transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlarini roʻyxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlanganda;

transportga tegishli hujjatlar yoki yuk hujjatlari mavjudligini tekshirishda;

haydovchi yoki yoʻlovchi jinoyat sodir yetganlikda gumon qilinayotganda;

haydovchining transport kabinasida boʻlishi yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga tahdid solishi mumkin boʻlganda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori vositalari taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transportni boshqara olishiga shubha boʻlganda).

Jismoniy nuqsoni sababli haydovchi transport kabinasidan chiqa olmasa, YPX xodimi uni kabinadan tushishini talab qilishi mumkin yemas.

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi U.Tulaganov