Янгиликлар
YPX xodimining muomala madaniyatiga ham talablar mavjudmi?
YPX xodimining muomala madaniyatiga ham talablar mavjudmi?
Ha, mavjud, YPX xodimi har qanday vaziyatda yoʻl harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va eʼtiborli boʻlishi, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilishi, muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilishi kerak.
Bundan tashqari, YPX xodimi vazifalarini bajarishda quyidagilarga majbur:
vazifalarini mobil videokameradan foydalanib oshkora olib borish;
vizual kuzatuv yoki maxsus moslamalardan foydalangan holda qoidalar buzilganligini aniqlash;
transportni toʻxtatganidan keyin uning oldiga borish, oʻzini tanishtirish, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida maʼlumot berish, koʻkrak nishon belgisini maʼlum qilish va xizmat guvohnomasini ochiq holda koʻrsatish;
haydovchiga mobil videokameradan foydalanayotganini aytish va noqonuniy xatti-harakatlar sodir yetsa, aybini isbotlash uchun video yozuvdan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirish;
toʻxtatish sababi, sodir yetilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, loʻnda tushuntirish berish;
maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish chogʻida haydovchiga huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
huquqbuzarlikdan yoki baxsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish;
ruxsat yetilmagan, sertifikatga yega boʻlmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki ichki ishlar organlari hisobida mavjud boʻlmagan maxsus moslamalardan foydalanmaslik;
qoidalarni buzgan haydovchini maxsus moslamaning koʻrsatkichlari bilan tanishtirish, uning talabiga koʻra moslamaning qiyoslash sertifikatini koʻrsatish.
YPX xodimiga yoʻllarda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov