Янгиликлар
Haydovchi YPX xodimi bilan gaplashganini oʻzining telefoniga yozib olsa boʻladimi?
Haydovchi YPX xodimi bilan gaplashganini oʻzining telefoniga yozib olsa boʻladimi?
Haydovchi YPX xodimi bilan oʻzaro munosabatini oʻziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilishi mumkin.
Shuningdek, haydovchilar xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim yetmaslik huquqiga yega.
YPX xodimi oʻzining dislokasiyasidan tashqarida faoliyat olib borishi mumkinmi?
YPX xodimi oʻziga biriktirilgan hudud dislokasiyasidan tashqarida faoliyat olib borishi mumkin yemas.
YPX xodimining oʻziga biriktirilgan dislokasiyadan tashqarida rasmiylashtirgan bayonnomalari yuridik kuchga yega boʻlmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
Biroq avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar aniqlanganda, YPX xodimi dislokasiyasidan tashqarida ham maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirishi mumkin.
Haydovchi YPX xodimining dislokasiyasi haqida maʼlumot olish uchun DYHXX saf boʻlimiga murojaat yetishi kerak.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi U.Tulaganov